Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Moskva yaqinidagi Krasnogorsk shahrida Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.
«O‘zbekistonning 13 nafar fuqarosi sondagi ustunlikdan foydalanib, Qirg‘izistonning 5 nafar va Tojikistonning 4 nafar fuqarosiga tashlandi. Politsiya o‘z vaqtida yetib keldi va olomonni tarqab ketishga majbur qildi. Keyinchalik ularni hovlilarda ushlab oldi», deb yozdi Mash.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan erkaklar Krasnogorskdagi qo‘shni korxonalarda ishlaydi va doimiy ravishda janjallashib turadi. Bu safar og‘zaki janjal avtoturargohdagi qurilish maydonchasi yaqinida 22 kishi ishtirokida ommaviy mushtlashuvga aylangan.
Keyinchalik politsiya janjal ishtirokchilarini ushlagan. Ularning taqdiri haqida ma’lumot berilmadi.
Mavzuga oid
09:01 / 13.05.2026
AQSh bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi
18:17 / 20.04.2026
Germaniyaga 40 ming hamshira: O‘zbekiston yangi mehnat bozorlarini ochadi
09:41 / 06.04.2026
Xorvatiya o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun eshiklarni ochishi mumkin
08:25 / 06.02.2026