12:27 / 16.09.2023
22010

5 ta viloyat sudida rais o‘zgardi 

Andijon, Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlari sudi raislari o‘zi arizalariga asosan lavozimdan ozod etilgan.

Foto: Kun.uz

Bir nechta viloyat sudlarining raislari o‘zgardi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ma’lum qildi.

Prezidentning tegishli farmoyishi bilan:

Farhodjon Boqijonovich G‘aniyev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi;

Akram Gayratovich Shukurov – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:

Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyev – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Akrom Jo‘raqulovich Utayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan);

Shuhrat Maratovich Kamolov – sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyat sudining raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudining raisi lavozimida ishlagan);

Farrux Soyibjonovich Abduraimov – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga (bungacha Farg‘ona viloyat sudi sudyasi lavozimida ishlagan) tayinlangan.

Prezidentning tegishli farmoyishiga muvofiq o‘z arizalariga asosan quyidagilar lavozimidan ozod etilgan:

Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev – Andijon viloyat sudining raisi lavozimidan;

Luqmon Muxtorovich Qodirov – Buxoro viloyat sudining raisi lavozimidan;

O‘tkirjon Bo‘ronovich Jumayev – Jizzax viloyat sudining raisi lavozimidan;

Bahodir Xusainovich Polvanov – Xorazm viloyat sudining raisi lavozimidan.  

Top