Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada deputatlar faqat mahalliy avtomobillardan foydalanadi
Davlat Dumasi Kengashi deputatlarga faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanishga ko‘rsatma berdi.
Rossiya Davlat Dumasi Kengashi bir ovozdan deputatlarga faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanishga ko‘rsatma berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
«Kelgusi yildan boshlab, deputatlar o‘z saylov okruglarida faqat Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deyiladi Duma kengashi hisobotida.
Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin avvalroq xabar berganidek, Dumadagi xizmat ko‘rsatish avtomashinalari eskirib borgan sayin mahalliy brendlarga almashtiriladi.
Volodin so‘zlariga ko‘ra, «bu qaror Rossiya avtomobil sanoatini rivojlantirishga yordam beradi va budjet mablag‘larini mamlakatda qoldiradi».
Avgust oyi boshida Putin «mamlakatdagi barcha amaldorlar mahalliy avtomobillardan foydalanishi kerak», dedi va «mahalliy brendlar, avtomobillar va boshqa mahsulotlarni rivojlantirish uchun intilish»ga chaqirdi. Keyinroq, Davlat Dumasi spikeri Volodin deputatlar «Moskvich», «Lada», «Aurus» va «Volga» avtomobillaridan foydalanish bo‘yicha kelishib olganini aytdi.
Kaliningrad gubernatori Alixonov, o‘z navbatida, «hozirgi mantiqqa ko‘ra, bu faqat rus brendlari bo‘lishi shart emas», dedi: «Mavjud qonunchilikka ko‘ra, men allaqachon mahalliy avtomobildan foydalanyapman — Kalugada ishlab chiqarilgan Volkswagen Tiguan, ungacha Rossiyada ishlab chiqarilgan Mitsubishi Outlander».
Mavzuga oid
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
18:26 / 25.12.2025