PF–56-sonli farmonga köra, “Mening boğim” loyihalarini taşkil etiş jarayonlarini takomillaştiriş va ularni amalga oşirişda yangi mexanizmlarni joriy qiliş belgilandi.

Xususan, “Oçiq budjet” portalidagi tanlovda ğolib bölmagan loyihalardan kamida bittasini Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan saylovçilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib çiqqan holda ğolib deb e’lon qiliş amaliyoti yölga qöyiladi.

Şuningdek, loyihalarni hududning tuproq-iqlim şaroiti va suv ta’minotiga mos ravişda şakllantiriş tizimi joriy etiladi. Bu esa barpo etiladigan yaşil hududlarning samaradorligi va barqarorligini ta’minlaşga xizmat qiladi.

Farmonda “Mening boğim” doirasida barpo etiladigan boğlar va jamoat parklarida daraxt va ösimliklarni ekiş, ularni muntazam parvarişlaş hamda obektlar holatini sifatli saqlaş böyiça yangi amaliyotlar ham nazarda tutilgan.

Mazkur özgarişlar yaşil hududlarni köpaytiriş, ekologik holatni yaxşilaş va aholi iştirokini kengaytirişga qaratilgani ta’kidlanmoqda.