Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda hokim yordamchisi o‘zgalar nomiga kredit rasmiylashtirgani aniqlandi
Viloyat prokuraturasi jinoyat ishini ochib, uni qamoqqa olgan.
Buxoro shahri, Abu Ali ibn Sino mahallasidagi hokim yordamchisi A.S. o‘zgalar nomiga 163 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni talon-toroj qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, A.S. mahalla hududida yashamaydigan va faoliyat ko‘rsatmaydigan 5 nafar fuqaro nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 mln so‘mdan, jami 163 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Hokim yordamchisi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «g» bandi (Kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi 1-qismi (Mansab soxtakorligi) va 209-moddasi 2-qismi «a» bandi (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan mansab soxtakorligi) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Viloyat prokuraturasi mazkur jinoyat ishi tergovini alohida nazoratga olgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:15 / 11.04.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar
19:57 / 11.04.2026
Mirziyoyev va To‘qayev Buxorodagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi
19:24 / 11.04.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari sun’iy intellekt bo‘yicha xakatonga tashrif buyurdilar
23:14 / 10.04.2026