Jahon | 08:41 / 20.09.2023
3714
3 daqiqa o‘qiladi

IHTT 2024 yil uchun jahon iqtisodiyoti prognozini pasaytirdi

Global yalpi ichki mahsulotning zaif o‘sishi markaziy banklarning qattiq pul-kredit siyosati va Xitoyda kamroq iqtisodiy tiklanish bilan izohlanadi, deb ta’kidlaydi IHTT.

Foto: AP

Dunyoning yetakchi markaziy banklari pul-kredit siyosatini qat’iylashtirgani va Xitoyning COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiy tiklanishi kutilganidan kamroq ekani hisobga olinsa, 2024 yilda global iqtisodiy o‘sish joriy yilga nisbatan zaifroq bo‘ladi. Bu prognoz 19 sentabr, seshanba kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan e’lon qilindi. 

«Global iqtisodiy o‘sish 2023 yilda 3 foizni tashkil etishi, 2024 yilda esa 2,7 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda», — deyiladi hujjatda. Shu tariqa, tashkilotning iyun oyidagi prognozi bilan solishtirganda, bu yilgi global yalpi ichki mahsulotning o‘sishi bo‘yicha kutilma 0,3 foiz punktiga oshdi. Shu bilan birga, 2024 yil uchun o‘sish bo‘yicha taxminlar 0,2 foiz punktga kamaydi. 

Shu bilan birga, IHTT 2023-2024 yillarda jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishining nomutanosib ulushi Xitoyda kutilganidan kamroq iqtisodiy tiklanish bo‘lishiga qaramay, Osiyoda kuzatiladi, deb hisoblaydi. 

IHTT inflatsiya darajasi haqida

2023 yilning birinchi yarmida oziq-ovqat va energiya narxlarining pasayishi tufayli ko‘plab mamlakatlarda inflatsiya darajasi tushishda davom etdi, deydi IHTT ekspertlari. Biroq, bazaviy inflatsiya - ya’ni energiya va oziq-ovqat kabi eng o‘zgaruvchan komponentlarni hisobga olmaganda, inflatsiya sezilarli darajada sekinlashmagan. Hisobotda aytilishicha, u markaziy banklar maqsadlaridan ancha yuqori. Asosiy xavf shundaki, inflatsiya kutilganidan ko‘ra barqarorroq bo‘lishi mumkin, deya ogohlantiradi mualliflar. Bu esa foiz stavkalarini yanada qattiqlashtirish yoki oshirish muddatini uzaytirish zarurligiga olib keladi, deydi ekspertlar. 

Rossiya uchun yaxshilangan prognozlar

Rossiya iqtisodiyotining 2023 yilda rivojlanishi bo‘yicha prognoz yaxshilandi. Iyun oyida kutilayotgan yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizga pasayishidan so‘ng ekspertlar bu ko‘rsatkichning 0,8 foizga oshishini taxmin qilmoqda. 2024 yil uchun prognoz ham yaxshilandi, iyun oyidagi 0,4 foizga pasayishdan - 0,9 foizga ko‘tarilish. 

Mavzuga oid