Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: XXI asrda revizionizm va imperializmga o‘rin yo‘q
Germaniya kansleri BMT Bosh assambleyasi oldida so‘zlagan nutqida Ukrainadagi vaziyatni tinch hal qilish yo‘lini topishda jahon hamjamiyatining ishtiroki muhimligini ta’kidladi.
Germaniya kansleri Olaf Shols 19 sentabr, seshanba kuni kechqurun bayonot berib: «urush uchun Rossiya javobgarligini unutmasligimiz kerak. Rossiya prezidenti esa uni istalgan vaqtda bitta buyruq bilan tugatishi mumkin», dedi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatishi uchun «u biz - BMT davlatlari - o‘z tamoyillarimizga jiddiy rioya qilishimizni tushunishi kerak», deb ta’kidladi Shols. «XXI asrda revizionizm va imperializmga o‘rin yo‘q», - deya qo‘shimcha qildi u.
Shols Ukrainadagi «xayoliy tinch yechimlar» xavfi haqida
Germaniya kansleri, shuningdek, faqat nomida «tinchlik» so‘zi bo‘lgan «xayoliy tinch yechimlardan» ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. «Oxir-oqibat, erkinliksiz dunyo bosqin demakdir. Adolatsiz dunyo - diktatura. Moskva buni nihoyat tushunishi kerak», - dedi u.
Ukraina urushi boshlanganidan beri 19 oy ichida bir qator davlatlar, jumladan, Braziliya, Hindiston va Saudiya Arabistoni tinchlik rejasini ishlab chiqishga hissa qo‘shishga harakat qildi. Shu tariqa, 2023 yil avgust oyida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 40 dan ortiq davlat, jumladan, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Xitoy ishtirokida ushbu mavzu bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tdi.
«Aynan bu urush butun dunyo bo‘ylab chidab bo‘lmas oqibatlarga olib kelayotgani uchun butun dunyo tinch yo‘l bilan yechim izlashda ishtirok etishi muhim va to‘g‘ri», dedi Shols. Shu bilan birga, u Ukraina irodasiga zid shartlarda tinchlik o‘rnatishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026