Jahon | 09:20 / 21.09.2023
8224
2 daqiqa o‘qiladi

BRICS davlatlari BMT islohotini qo‘llab-quvvatladi

Vazirlar 2024 yilda Rossiyada BRICS’ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining to‘liq formatdagi uchrashuvi o‘tkazilishini kutayotganini ta’kidladi. 

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev

BRICS tashqi ishlar vazirlari BMT Bosh assambleyasi doirasidagi yig‘ilishda Rossiyaning 2024 yil 1 yanvardan boshlanadigan assotsiatsiyadagi raisligini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlar Birlashgan Millatlar Tashkilotini, shu jumladan uning Xavfsizlik kengashini yanada demokratik, vakolatli, samarali qilish hamda hozirgi global muammolarga munosib javob bera olishi maqsadida kengash a’zolarining barcha toifalarida rivojlanayotgan mamlakatlar vakilligini oshirish uchun keng qamrovli islohotni qo‘llab-quvvatladi. Bunda, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan Braziliya, Hindiston va JARning xalqaro ishlarda, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shu jumladan uning Xavfsizlik kengashida ko‘proq rol o‘ynashga bo‘lgan qonuniy intilishi to‘g‘ridir, deyiladi yakuniy hujjatda. 

«Vazirlarga Rossiyaning 2024 yilda BRICS’ga bo‘lajak raisligiga tayyorgarlikning borishi haqida ma’lumot berildi. Braziliya, Hindiston, Xitoy va JAR Rossiyaning 2024 yilda «Adolatli global rivojlanish va xavfsizlik uchun ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash» shiori ostida BRICS’ga raisligini hamda Qozon shahrida (Rossiya) XVI BRICS sammiti o‘tkazilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi», — deyiladi hujjatda.

Vazirlar, shuningdek, 2024 yilda Rossiyada BRICS’ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining to‘liq formatdagi uchrashuvi o‘tkazilishini kutayotganini ta’kidladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid