Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2024 yilda harbiy xarajatlarni deyarli ikki baravar oshiradi
Yangi yilda Rossiya tarixida birinchi marta armiyaga sarflangan xarajatlar pensiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni o‘z ichiga olgan «Ijtimoiy siyosat» bandi bo‘yicha xarajatlardan oshib ketadi.
Rossiya hukumati mudofaa xarajatlarini 2024 yilda YaIMning hozirgi 3,9 foizidan 6 foizigacha oshirish niyatida, deb xabar berdi Bloomberg 22 sentabr, juma kuni budjet rejalari loyihalari nusxalariga tayanib. Mutlaq hisobda mudofaa xarajatlari 6,4 trilliondan 10,8 trillion rublgacha oshadi. Agentlikning eslatishicha, urushdan oldingi 2021 yilda Kremlning mudofaa xarajatlari 3,6 trillion rublni tashkil qilgan.
E’tiborlisi, kelgusi yilda ijtimoiy siyosatga 7,5 trillion rubl (2023 yilda - 6,5 trillion) sarflash rejalashtirilgan. Shu tariqa, Faridaily Telegram-kanalida qayd etilishicha, 2024 yilda Rossiya tarixida birinchi marta armiyaga sarflangan mablag‘ pensiyalar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni o‘z ichiga olgan «Ijtimoiy siyosat» bandi bo‘yicha xarajatlardan oshib ketadi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, muhim qismi urush bilan bog‘liq bo‘lgan tasniflangan budjet bandlari bo‘yicha xarajatlar 6,5 trilliondan 11,1 trillion rublgacha oshadi va barcha budjet xarajatlarining uchdan bir qismini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Rossiya hukumati milliy xavfsizlikni ta’minlashga sarflanadigan xarajatlarni biroz oshirishni, shu bilan birga, ta’lim va sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlarni bir xil darajada – mos ravishda 1,5 va 1,6 trillion rubl darajasida saqlashni rejalashtirmoqda.
Sanksiyalarga qaramay, daromadning o‘sishi
Budjet loyihasi kelgusi yilda jami xarajatlarni 36,6 trillion rubl miqdorida prognoz qilmoqda - bu yilgidan 15 foizga ko‘p. Shu bilan birga, deb yozadi Bloomberg, harbiy xarajatlar keskin oshgani va sanksiyalarga qaramay, Rossiya hukumati budjet daromadlari 35 trillion rubldan ko‘proqni tashkil etishini kutmoqda - bu 2023 yilga nisbatan 22 foizga ko‘p. Hujjatga ko‘ra, 2024 yilda budjet taqchilligi YaIMning 0,9 foizini tashkil qiladi.
Avgust oyida Reuters agentligi 2023 yilning birinchi olti oyida Rossiya harbiy ehtiyojlar uchun 5,59 trillion rubl ajratganini yozgan edi. Shu bilan birga, mudofaa uchun budjetdan atigi 4,98 trillion rubl ajratilgan. Shu munosabat bilan Rossiya hukumati «Mudofaa» bandi bo‘yicha maqsadli xarajatlarni ikki baravar oshirishga qaror qildi, u 9,7 trillion rublga yetdi, deb yozadi agentlik.
May oyida The Bell «Elektron budjet» federal portali ma’lumotlariga asoslanib, maxfiy budjet xarajatlari 3 trillion rubldan oshgani va xarajatlar tarkibida birinchi o‘rinni egallaganini hisoblab chiqdi. Ko‘p o‘tmay, Moliya vazirligining operatsion xarajatlari haqidagi ma’lumotlar portaldan yo‘qoldi.
Mavzuga oid
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
08:03 / 16.05.2026