Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hangjou-2022. Akademik eshkak eshuvchilar 2 ta oltin medal keltirishdi
O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi. Jamoa umumiy reytingda 4-o‘ringa ko‘tarilgan.
Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni O‘zbekiston jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturida Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi. Kumush va bronza medallari esa Xitoy hamda Yaponiya vakillariga nasib etdi.

M4 dasturida esa Shehroz Hakimov, Davr Davronov, Dilshod Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va jamoa hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Akademik eshkak bo‘yicha M4x dasturida Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev, Mehroj Mamatqulov va Sobirjon Safaraliyev kvarteti marraga mezbonlardan so‘ng yetib keldi - kumush.

Shu tariqa, Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mazkur dasturda Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallashdi.
Bu Osiyo o‘yinlari tarixida o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar uchun eng yaxshi natija bo‘ldi.
Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan umumiy reytingda 4-o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid
22:44 / 14.12.2025
O‘zbekiston para sportchilari yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
22:14 / 31.10.2025
Toshkent 2029 yilda IV Osiyo yoshlar o‘yinlariga mezbonlik qiladi
18:16 / 31.10.2025