Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oktyabrdan boshlab Rossiya gazini import qiladi
Rossiyadan yiliga 2,8 milliard kub metr gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
O‘zbekiston 1 oktyabrdan Rossiya gazini import qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligiga tayanib, TASS xabar berdi.
«Yuqori bosimli gazni qabul qilish uchun barcha zarur infratuzilma va gaz quvurlari tayyorlab qo‘yildi», deb O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
Avvalroq, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston hukumati «Gazprom» bilan respublikaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha ikki yillik shartnoma imzolagan edi, uning yillik yetkazib berish hajmi qariyb 2,8 milliard kub metrni tashkil qiladi.
Joriy yilning 16 iyun kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha kelishuv va respublika gaz transport tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolangan edi.
O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, shartnoma doirasida joriy yilning 1 oktyabridan kuniga 9 million kub metr tabiiy gaz importini boshlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026