O‘zbekiston | 00:15 / 29.09.2023
9125
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentning Germaniyaga amaliy tashrifi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya federal kansleri Olaf Shols taklifiga binoan Berlin shahriga bordi.

«Berlin-Brandenburg» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot-xizmati
Foto: Prezident matbuot-xizmati
Foto: Prezident matbuot-xizmati

29 sentabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer va kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘rin olgan.

Mavzuga oid