Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:23 / 29.09.2023
6275
1 daqiqa o‘qiladi
Sergelida zarar ko‘rgan obektlarni poytaxt tumanlari hokimliklari tiklab beradi
Poytaxt hokimliklariga favqulodda hodisadan zarar ko‘rgan obekt va hududlarni tiklash bo‘yicha vazifalar taqsimlandi.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umrzoqov poytaxtning 12 tumani hokimliklariga favqulodda hodisadan zarar ko‘rgan obekt va hududlarni tiklash bo‘yicha vazifalarni taqsimladi.
Xususan:
- Shayxontohur tumaniga Sergeli tumani Quruvchilar mavzesidagi 600-sonli MTT va 71-oilaviy poliklinika;
- Yunusobod tumaniga Sergeli tumani Quruvchilar mavzesidagi 305-sonli umumta’lim maktabi;
- Yakkasaroy tumaniga Sergeli tumani Quruvchilar mavzesidagi 21-sonli ko‘p qavatli uy;
- Yashnobod tumaniga Sergeli tumani Quruvchilar mavzesidagi 19-sonli ko‘p qavatli uy;
- Mirzo Ulug‘bek tumaniga Sergeli tumani Quruvchilar mavzesidagi 20- va 30-sonli ko‘p qavatli uylar;
- Bektemir tumaniga Sergeli tumani Quruvchilar mavzesidagi 2- va 4-sonli ko‘p qavatli uylar ta’mirlash va tiklash uchun biriktirildi. ta’mirlash va tiklash uchun biriktirildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish