Jamiyat | 09:08 / 01.10.2023
18778
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ANORBANK Kundalik bilan birgalikda maxsus loyihaga start bermoqda

ANORBANK yosh avlod kelajagi haqida qayg‘uradi va uning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Ularni o‘qishga rag‘batlantirish va bilimga chanqoqligini rag‘batlantirish maqsadida Kundalik (hozirda eMaktab) yagona raqamli ta’lim platformasi bilan hamkorlikda bank ko‘plab sovrinlar taqdim etiladigan ulkan maxsus loyihani ishga tushirmoqda.

Foto: Anorbank

Loyihaning asosiy g‘oyasi maktab o‘quvchilarining bilim sari intilishdan to‘xtamasligi va yangi marralarni zabt etishini ta’minlashdan iborat. Albatta, har qanday harakat rag‘batlantirish bilan birga bo‘lishi kerak. ANORBANK buni o‘z zimmasiga olib, qimmatbaho sovg‘alardan iborat bo‘lgan yirik mukofot jamg‘armasini tayyorladi.

Sovrinli o‘yin qoidalariga ko‘ra, respublikadagi maktablarning Kundalik tizimiga ulangan 1-sinfdan 11-sinfgacha ta’lim olayotgan o‘quvchilar har bir bosqichda o‘qishda olgan to‘rt va besh baholari uchun turli sovrinlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Misol uchun, “4” yoki “5” baho olgan o‘quvchi avtomatik ravishda tegishli 4 va 5 ball oladi. Natijada jami 100 ballni 1 ta kuponga almashtirish mumkin. Har bir kupon sovrinli o‘yinda ishtirok etish uchun 1 ta imkoniyatni taqdim etadi, unda g‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori yordami bilan aniqlab olinadi. O‘quvchilarning kuponlari qancha ko‘p bo‘lsa, g‘alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Birinchi bosqich davomida bir muddatdan keyin o‘quvchilarning ota-onalari to‘plangan ballarni kuponlarga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ushbu loyiha doirasida ANORBANK’ning jismoniy ANOR BLACK kartalariga ega bo‘lgan barcha ota-onalar ballarni kuponlarga almashtirishlari va keng ko‘lamli sovrinli o‘yinda ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan jismoniy karta egalari ANORBANK tomonidan 2023/24 o‘quv yili davomida eMaktab platformasi uchun yillik Pro obunasini ham qo‘lga kiritadilar.

Loyiha 3 bosqichga bo‘linadi:

1-bosqich 3 oktyabrdan 25 dekabrgacha davom etadi.

2-bosqich – 1 yanvardan 30 martgacha.

3-bosqich – 1 apreldan 25 maygacha.

Har bir bosqich yakunida kupon egalari o‘rtasida 100 ta sovrin g‘oliblari aniqlanadi.

Birinchi bosqich yakunida 10 ta Apple iPhone 14 smartfonlari, 10 ta Apple IWatch 8 smart soatlari, 30 ta Acer Aspire 3 noutbuklari, 10 ta Yandex.Stansiya smart kolonkalari va 40 ta Samsung Tab A7 Lite planshetlari o‘ynaladi.

Keyingi bosqichlarda ANORBANK ushbu loyiha uchun Kids kartalarini, shuningdek Kundalik’ka obuna bo‘lganlar uchun alohida xizmat ko‘rsatish shartlarini joriy etishni ham rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, keyingi bosqichlarda qimmatbaho sovg‘alar bilan bir qatorda bank mablag‘lari hisobidan qarzini to‘lash sharti bilan g‘oliblarga muddatli to‘lov kartalarini taqdim qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu kartalar yordamida 4000 dan ortiq bank hamkorlaridan istalgan narsani xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Sayt: anorbank.uz

Facebook: fb.com/anorbank

Telegram: t.me/anorbank

Instagram: instagram.com/anorbank

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid