Bank uçun Central Asian Fintech Association (Markaziy Osiyo fintex assotsiatsiyasi)ga a’zolik mintaqadagi fintex jarayonlarida tizimli qatnaşiş, qöşma pilot loyihalar va ekspert platformalari orqali hamkorlikni kuçaytiriş, şuningdek, raqamli bank xizmatlari böyiça barqaror yeçimlar ustida işlaş uçun qöşimça imkoniyatlar taqdim etadi.
ANORBANK Central Asian Fintech Association'ga rasmiy a’zo sifatida qöşilganini e’lon qildi. Mazkur qadam bankning mintaqaviy fintex ekotizimida tizimli iştirokini kengaytirişga qaratilgan.
Bank vakillarining ta’kidlaşiça, CAFA a’zoligi ANORBANK uçun mintaqadagi fintex jarayonlarida faol qatnaşiş, amaliy tajriba almaşiş hamda raqamli bank xizmatlari sohasida barqaror yeçimlar ustida hamkorlikda işlaş imkonini beradi.
Tomonlar hamkorlik doirasida bir neçta ustuvor yönalişlarni belgilagan. Ular orasida fintex innovatsiyalari va raqamli bank xizmatlarini rivojlantiriş, regulyatorlar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, qöşma pilot loyihalar va ekspert platformalarini şakllantiriş, şuningdek, Markaziy Osiyoda raqobatbardoş hamda şaffof moliyaviy ekotizimni mustahkamlaş kabi vazifalar bor.
ANORBANK uşbu a’zolikni uzoq muddatli hamkorlikning boşlanişi sifatida baholamoqda hamda mintaqada integratsiyalaşgan, innovatsion fintex muhitini rivojlantirişga izçil hissa qöşişni rejalaştirgan.
Ma’lumot uçun, ANORBANK Özbekistonda raqamli bank xizmatlarini faol rivojlantirayotgan moliyaviy institutlardan biri sanaladi. Taşkil etilganidan buyon muassasa masofaviy identifikatsiya, platformaviy yeçimlar hamda mijoz ehtiyojlariga mos raqamli mahsulotlarga tayangan bank modelini izçil şakllantirib kelmoqda. Bunday yondaşuv turli mijoz toifalariga tezkor va samarali xizmat körsatiş, köplab moliyaviy operatsiyalarni esa bank ofisiga bormasdan turib, onlayn tarzda bajarişni ta’minlamoqda.
Telefon: 1290.
Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank











