ANORBANK vakillari maktab-internatga tashrif buyurib, bolalar va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi, tarbiyalanuvchilarni kelayotgan bayram bilan qutladi hamda sovg‘alarni topshirdi. Bu ko‘pchilik bolalar uchun nafaqat moddiy yordam, balki e’tibor va g‘amxo‘rlikning muhim belgisi bo‘ldi.
“Biz biznes jamiyatga haqiqiy foyda keltira olishiga ishonamiz. ANORBANK uchun tashabbuslarimiz jamiyatga yordam berishi, ta’lim va ekologiyani qo‘llab-quvvatlashi, rivojlanish hamda o‘sish uchun sharoit yaratishi muhimdir”, — deya ta’kidlashdi bank vakillari.

168-sonli maktab-internat uchun xayriya tadbiri ANORBANK’ning CSR strategiyasining bir qismi bo‘lib, bank doimo ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.
ANORBANK jamiyatni rivojlantirish va O‘zbekiston hududlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Telefon: 1290.
Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank
Reklama huquqi asosida










