Loyihaning asosiy ğoyasi maktab öquvçilarining bilim sari intilişdan töxtamasligi va yangi marralarni zabt etişini ta’minlaşdan iborat. Albatta, har qanday harakat rağbatlantiriş bilan birga bölişi kerak. ANORBANK buni öz zimmasiga olib, qimmatbaho sovğalardan iborat bölgan yirik mukofot jamğarmasini tayyorladi.
Sovrinli öyin qoidalariga köra, respublikadagi maktablarning Kundalik tizimiga ulangan 1-sinfdan 11-sinfgaça ta’lim olayotgan öquvçilar har bir bosqiçda öqişda olgan tört va beş baholari uçun turli sovrinlarni qölga kiritiş imkoniyatiga ega böladilar. Misol uçun, “4” yoki “5” baho olgan öquvçi avtomatik ravişda tegişli 4 va 5 ball oladi. Natijada jami 100 ballni 1 ta kuponga almaştiriş mumkin. Har bir kupon sovrinli öyinda iştirok etiş uçun 1 ta imkoniyatni taqdim etadi, unda ğoliblar tasodifiy raqamlar generatori yordami bilan aniqlab olinadi. Öquvçilarning kuponlari qança köp bölsa, ğalaba qozoniş imkoniyati şunçalik yuqori böladi.
Birinçi bosqiç davomida bir muddatdan keyin öquvçilarning ota-onalari töplangan ballarni kuponlarga almaştiriş imkoniyatiga ega böladilar.
Uşbu loyiha doirasida ANORBANK’ning jismoniy ANOR BLACK kartalariga ega bölgan barça ota-onalar ballarni kuponlarga almaştirişlari va keng kölamli sovrinli öyinda iştirok etişlari mumkin. Şuningdek, yuqorida qayd etilgan jismoniy karta egalari ANORBANK tomonidan 2023/24 öquv yili davomida eMaktab platformasi uçun yillik Pro obunasini ham qölga kiritadilar.
Loyiha 3 bosqiçga bölinadi:
1-bosqiç 3 oktyabrdan 25 dekabrgaça davom etadi.
2-bosqiç – 1 yanvardan 30 martgaça.
3-bosqiç – 1 apreldan 25 maygaça.
Har bir bosqiç yakunida kupon egalari örtasida 100 ta sovrin ğoliblari aniqlanadi.
Birinçi bosqiç yakunida 10 ta Apple iPhone 14 smartfonlari, 10 ta Apple IWatch 8 smart soatlari, 30 ta Acer Aspire 3 noutbuklari, 10 ta Yandex.Stansiya smart kolonkalari va 40 ta Samsung Tab A7 Lite planşetlari öynaladi.
Keyingi bosqiçlarda ANORBANK uşbu loyiha uçun Kids kartalarini, şuningdek Kundalik’ka obuna bölganlar uçun alohida xizmat körsatiş şartlarini joriy etişni ham rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, keyingi bosqiçlarda qimmatbaho sovğalar bilan bir qatorda bank mablağlari hisobidan qarzini tölaş şarti bilan ğoliblarga muddatli tölov kartalarini taqdim qiliş közda tutilgan. Uşbu kartalar yordamida 4000 dan ortiq bank hamkorlaridan istalgan narsani xarid qiliş mumkin böladi.











