Donbassdagi ukrain vertolyotlari va Xarkivdagi ko‘ngillilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 584-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab dronlar va raketalar bilan hujum qildi. 30 drondan 16 tasi urib tushirilgan.
Rossiyaning Smolensk shahri meri shahar ustida beshta dron urib tushirilganini ma’lum qilib, aholidan uydan chiqmaslikni so‘ragan. Belgorod oblasti rahbari Shebekinodagi markaziy bozorga zarba berilganini ma’lum qildi.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya urush yana bir necha yil davom etishiga tayyorlanmoqda.
AQSh Kongressi hukumat faoliyati to‘xtab qolishidan qochishga imkon beruvchi vaqtincha budjetni qabul qildi. Unda Ukrainaga harbiy yordam uchun xarajatlar ko‘zda tutilmagan.
Slovakiyada parlament saylovlarida sobiq bosh vazir, Ukrainaga harbiy yordam berilishiga qarshi Robert Fitsoning partiyasi g‘alaba qozondi.
Putin «Vagner» XHK komandiri Troshev bilan uchrashdi. Ular «ko‘ngilli tuzilma» tuzish masalasini muhokama qilishgan.
Kiyev ishtirokchilari Ukrainada qurol ishlab chiqarishni mo‘ljallagan xalqaro Mudofaa sanoati alyansi tuzmoqda. Ukraina TIV xabariga ko‘ra, alyansga allaqachon 19 mamlakatdan 38 kompaniya qo‘shilgan.
Rossiya xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning «yangi regionlari» [Rossiya hukumati Ukraina oblastlarining anneksiya qilib olishga urinayotgan oblastlarini shunday ataydi] kelgusida ko‘payishi haqida gapirdi.
Yevroittifoq mamlakatlari Ukraina qurolli kuchlari uchun 27 mingdan ortiq harbiy xizmatchini tayyorlamoqda, deya xabar berdi YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. 2024 yil boshiga qadar ularning soni 40 mingga yetishi ko‘zda tutilgan.
Donetsk oblastidagi ukrain vertolyotchilari
Ukraina qurolli kuchlarining yarador askarlari Baxmut yaqinidagi tibbiyot punktida
Xarkiv oblastining okkupatsiya qilingan hududlaridan kelgan qochqinlar uchun boshpana
Xarkivdagi ko‘ngillilar ishi
Xarkiv oblasti. Okkupatsiya vaqtida qiynoqlardan keyin o‘ldirilgan tinch aholi vakili jasadining eksgumatsiyasi