Jahon | 22:47 / 02.10.2023
8388
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiya Rossiyani parlament saylovlariga aralashishda aybladi 

Bu Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinning ovoz berish kuni arafasida e’lon qilgan bayonoti bilan bog‘liq. 

Slovakiya Tashqi ishlar vazirligi 2 oktyabr kuni Rossiyani parlament saylovlariga aralashishda aybladi. Rasmiy norozilik bildirish uchun Rossiya elchixonasi vakili chaqirtirildi.

Bu Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinning ovoz berish kuni arafasida e’lon qilgan bayonoti bilan bog‘liq.

Narishkin «AQSh saylov natijalarini manipulyatsiya qilishi» haqida gapirgan edi. Slovakiya Tashqi ishlar vazirligi bu bayonotni saylov jarayoniga aralashishga ataylab qaratilgan «dezinformatsiya» deb atadi.

30 sentabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatishga va’da berayotgan sobiq bosh vazir Robert Fitso partiyasi g‘alaba qozondi.

Fitso hukumati asosiy e’tiborni tashqi siyosatga emas, energetika va ichki siyosat masalalariga qaratishni afzal ko‘radi. Uning hokimiyatga kelishi Ukraina uchun salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkinligi aytilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid