Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda vaqtinchalik bepul avtobus yo‘nalishi tashkil etildi
«Xalqaro aeroport» bekatini ko‘prik yo‘li orqali Yakkasaroy TIIB bekati bilan bog‘lovchi bepul yo‘nalish tashkil etildi.
2023 yil 3 oktyabr kunidan boshlab, «Toshshahartransxizmat» tomonidan 3M-sonli «Xalqaro aeroport» bekatini ko‘prik yo‘li orqali Yakkasaroy TIIB bekati bilan bog‘lovchi 2 ta mikroavtobus harakatlanuvchi vaqtinchalik bepul yo‘nalish tashkil etildi.
2023 yilning 1 oktyabr kunidan boshlab, Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklangan.

Mazkur ko‘chalar orqali qatnaydigan avtobus yo‘nalishlarining harakati yangicha tartibda tashkil etiladi.
Bunda:
- 67-, 76-, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasaroy TIIB bekatida qisqartiriladi;
- 11-, 40-, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
- 61-, 106-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati «Aeroport-2» bekatida qisqartiriladi;
- 47-, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
Mavzuga oid
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026