Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2030ga uchta qit’adagi 6 mamlakat mezbonlik qiladi
Bugun, 4 oktyabr kuni FIFA kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda 2030 yilgi jahon chempionati mezbonlik uchun ariza topshirgan barcha mamlakatlarda bo‘lib o‘tishiga qaror qilindi.
Unga ko‘ra, 2030 yilgi jahon chempionati 3ta qit’adagi 6ta mamlakatda o‘tkaziladi. Aksariyat o‘yinlarga Marokash, Ispaniya va Portugaliya mezbonlik qiladi. Uchta o‘yin esa Janubiy Amerika qit’asida bo‘lib o‘tadi. Turnirning ochilish o‘yini Urugvayda bo‘lib o‘tsa, Argentina va Paragvay ham guruhdagi dastlabki o‘yinini muxlislari qarshisida o‘tkazadi. Final o‘yini esa Madriddagi «Santyago Bernabeu» o‘yingohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, 2030 yilda ilk jahon chempionati o‘tkazilganiga 100 yil to‘ladi. O‘sha turnirga Urugvay mezbonlik qilgandi.
Ma’lumot uchun, JCh-2026 AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Turnirda 48 jamoa ishtirok etadi.
Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
20:07 / 13.04.2026
Toshkentda taekvondo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
22:31 / 09.10.2025