O‘zbekiston | 10:10 / 06.10.2023
10756
2 daqiqa o‘qiladi

7 oktyabr kuni kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin 

«O‘zgidromet» 7 oktyabr, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +22...+24 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +21...+26 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid