Toshkent kinofestivaliga sarflangan mablag‘ ochiqlanmadi
Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov Kun.uz muxbiri savoliga javoban Toshkent kinofestivaliga budjetdan avvalgilariga nisbatan uch barobar kam pul olingani haqida gapirdi, ammo umumiy summani ochiqlanmadi.
Kecha, 6 oktyabr kuni Toshkentda yangi qurilgan Renessans kino uyida “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda Kun.uz muxbiri Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovga murojaat qilib, dunyodagi aksar kinfestivallar yakunda yaxshigina daromad bilan chiqishini eslatgan holda, Toshkent kinofestivali uchun budjetdan qancha mablag‘ sarflangani-yu, qancha daromad topilgani haqida so‘radi.
Shuningdek, agentlik direktoridan 3 yildan buyon o‘tkazilayotgan festivallarda imzolangan ko‘plab memorandumlar orqali qanday filmlar ishlangani bo‘yicha ham ma’lumot so‘raldi.
Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, memorandumlar shunday narsaki, u biror natijaga intilish, xohish va istakni ifodalaydi. Shu ma’noda u imzolangandan keyin ham turli xil vaziyatlar bo‘lib, o‘sha istaklar amalga oshmay qolishi mumkin.
“Masalan, pul bo‘lmay qolishi mumkin. Ikkinchidan, u qaysidir tomonga to‘g‘ri kelmay qolishi mumkin. Masalan, “Kazbek” filmida shunday bo‘ldi. Belorus tomonidan yozilgan ssenariy bizga to‘g‘ri kelmasdi, bir yillik muzokaralardan keyin oxiri u bekor bo‘ldi. Oxirida kelishib oldikki, har kim o‘z filmini oladigan bo‘ldi. Yoki, “Baron” filmi ham memorandum asosida bo‘lgan edi, mana, taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Farxod Mahmudovning “Parining sovg‘asi” nomli ertagi TVda bugun bepul namoyish etilmoqda.
“Quyosh ta’mi” ham juda yaxshi film. Bu film borasida ham to‘g‘ri kelmaydigan joylarini gaplashdik, muzokara qildik va o‘zimizga mosladik, hozir taqdimotlari o‘tdi.
Hujjatli filmlar bo‘yicha telekompaniyalar bilan shartnoma qilishga harakat qilyapmiz, chunki ularga ham hujjatli filmlar kerak. Bu jarayonlarga vaqt kerak. Albatta, quruq pulni berib, quruq telekanalda namoyish etilmaydigan hujjatli filmlarga biz qarshimiz”, – dedi agentlik direktori.
Firdavs Abduxoliqov festivalga davlat budjetidan olingan jami mablag‘ haqidagi takroran berilgan savolga javoban unga turli tashkilot va elchixonalardan ham mablag‘ yo‘naltirilgani va budjet bu safar uch barobar kamaygani haqida gapirdi.
“Budjetimiz uch barobar kamaydi. Biz festival uchun uchun boshqa manbalar orqali ham mablag‘ topishga harakat qildik. Masalan, kino ishlab chiqarish uchun ajratilgan pullarimiz. Bundan tashqari, homiylar ham bo‘ldi, grantlari bor, deylik. Masalan, Italiya elchixonasi 65 ming yevro mablag‘ berdi, bundan tashqari, YeI davlatlari ham ma’lum mablag‘lar ajratgan.
Maqsadimiz – festival nufuzini bosqichma-bosqich oshirish. Biz unga kelgusida biznes nuqtayi nazaridan ham qarayapmiz. Bizning hozirgi birinchi maqsadimiz bu festivalning brendini oshirish. “A” klass festivallar qatoriga kiritish. Buning uchun harakat qilishimiz kerak. Kelgusi festivalda shu maqsadga erishish va foydaga kirish niyatidamiz. Chunki “A” klass bo‘lsa, u brend festival bo‘ladi va xalqaro ijodkorlar ham unga pul tikadi”, – dedi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
Mavzuga oid

21:34 / 05.06.2024
Firdavs Abduxoliqov Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlandi

18:06 / 05.06.2024
Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ketdi

01:04 / 06.05.2022
Sobiq O‘zEOAVMA'ning qarzdorligi bo‘yicha Milliy media assotsiatsiyasi munosabat bildirdi

21:23 / 05.05.2022