Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov vazifasidan ozod etildi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi tasdiqladi.

Abduxoliqov endi Islom sivilizatsiyasi markaziga direktor bölişi kutilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Şoazim Şoislamoviç Minovarov lavozimidan ozod etilgan.

Kinematografiya agentligiga esa yozuvçi Şuhrat Rizayev vaqtinça rahbar vazifasini bajaruvçi bölgan. U 2017 yil avgustidan buyon agentlik rahbarining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Özbekistondagi dastlabki xususiy telekanallardan biri — «STV» va ilk nodavlat gazetalardan biri — «Darakçi»ga asos solgan Firdavs Abduxoliqov 2003 yildan Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilgan. 2019 yil sentabrida esa Kinematografiya agentligi (öşa vaqtda «Özbekkino») direktori etib tayinlangandi.

2020 yil aprelida 100 dan ortiq kinoijodkor Firdavs Abduxoliqov ustidan boş vazir Abdulla Aripovga şikoyat qilgan edi. Murojaatçilar Firdavs Abduxoliqov kinematografiya sohasini rivojlaniş böyiça kompleks yondaşuv va konseptual qarorlarni qabul qiliş örniga sohani rivojlantirişga mutlaqo aloqador bölmagan faoliyat bilan şuğullanib kelayotgani, köp yillik tajribaga ega xodimlarni çetlatib, ularning örniga kino sohasidan yiroq bölgan, uning özigagina qaraşli odamlarni boşqarma va bölimlar rahbarligiga tayinlaş amaliyoti yölga qöyilganidan norozi bölişgandi.

Abduxoliqov 2022 yilda özining oila a’zolariga tegişli telekanalga milliy serial işlaş uçun davlat subsidiyasini bergani böyiça korrupsion mojaro markazida turgandi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil martida MTRKning uzoq yillik rahbari Alişer Xöjayev Kinematografiya agentligi direktori örinbosari etib