Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Xitoy industrial parki tashkil etiladi
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 8 oktyabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyning Xanchjou shahriga tashrif buyurdi.
“Xanchjou Xuatszya” davlat qarorgohida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Tsyan boshchiligida hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda o‘zaro savdoni 12-13 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Shu bilan birga, “yashil” energetika, avtomobilsozlik, elektrotexnika, rangli va noyob metallarni qayta ishlash, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, agro va suvni tejaydigan texnologiyalar ishlab chiqarish sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan O‘zbekiston-Xitoy industrial parkini tashkil etish taklif etildi.

Uchrashuvda bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar iqtisodiy kun tartibini aniq yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirish, erishilgan kelishuvlar ijrosi holati yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Xanchjouga tashrif doirasida Huawei, Energy China international, Silk road fund singari Xitoyning yirik kompaniyalari rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ham uchrashuvlar o‘tkazildi.