Bayden Kongressdan Ukraina va Isroil uchun harbiy yordam paketi so‘ramoqchi
AQSh Kongressi avvalroq Kiyevga yordam nazarda tutilmagan vaqtinchalik budjetni qabul qilgan edi. Endi Oq uy rahbari Bayden bevosita Isroil va Ukrainaga yordam so‘rash niyatida.
AQSh prezidenti Jo Bayden yaqin kunlarda Kongressdan Ukraina va Isroilga qiymati 2 milliard dollardan «sezilarli darajada ko‘p» harbiy yordam paketini tasdiqlashni so‘rash niyatida, deya ma’lum qildi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jyeyk Sallivan 15 oktyabr, yakshanba kuni CBS telekanaliga bergan intervyusida.
Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbari shu haftada yangi yordam paketini tasdiqlash zarurligi haqida «Kongress bilan intensiv muzokaralar» o‘tkazadi. Reuters ta’kidlashicha, AQSh prezidenti ma’muriyati budjet so‘raganida, ba’zi respublikachilarning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish chaqirig‘i ostida uni tasdiqlash imkoniyatini oshirish uchun Isroil, Ukraina va ehtimol Tayvanga yordamni birlashtirish niyatida.
CBS telekanalining Oq uy 2 milliard dollar talab qiladimi, degan savoliga Sallivan tafsilotlarni keltirmasdan, «undan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi», dedi. «Aytganimdek, u (yordam) Ukrainaning erkinligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish va Isroilga tahdidlarga qarshi kurashda o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan harbiy texnikani o‘z ichiga oladi», dedi Sallivan.
AQSh Kongressi Ukrainaga yordamni ma’qullamadi
30 sentabr kuni AQSh Kongressi federal hukumat ishi to‘xtashining oldini olish uchun Ukrainaga moliyaviy yordam nazarda tutilmagan vaqtinchalik budjetni tasdiqladi. Demokratlar Bayden so‘ragan 24 milliard dollar o‘rniga Kiyevga 6 milliard dollar yordam ko‘rsatishni vaqtinchalik budjetga kiritishni taklif qildi, biroq respublikachilar pozitsiyasi tufayli Kiyevga yordam vaqtinchalik budjetdan butunlay olib tashlandi.
O‘shandan beri Oq uy va AQSh Mudofaa vazirligi vakillari Ukrainani Oq uy Kongress bilan muzokaralarni davom ettirayotganiga va vaqtinchalik yechim Vashingtonning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga chek qo‘yishini anglatmasligiga qayta-qayta ishontirib kelyapti.
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
12:44 / 17.11.2024