O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston safarda kambek ko‘rsatib, Xitoy ustidan g‘alabaga erishdi
O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida Xitoydagi ikkinchi uchrashuvini mezbonlar milliy jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Dalyanda o‘tgan uchrashuv Srechko Katanets shogirdlarining hujumlari ostida boshlangan bo‘lsa-da, hisob 41-daqiqada mezbonlar vakili Shixao tomonidan ochildi – 1:0.
Katanets ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirgach, vakillarimiz hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. 78-daqiqada ketma-ket hujumlardan keyin Abbosbek Fayzullayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik penalti bilan yakunlandi. Otabek Shukurovning 11 metrlik jarima zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to‘pni esa Otabekning o‘zi darvozaga kiritdi – 1:1.
Goldan keyin hujumkorlikni oshirgan vakillarimiz kambek amalga oshirishdi. Bobur Abduxoliqov o‘ng qanotdan jarima maydoniga kirib, to‘pni Iskanderovga uzatdi va Jamshid O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi – 2:1.
Shu tariqa, milliy jamoamiz Xitoydagi yig‘indan ikki g‘alaba bilan qaytishdi. Dastlab Viyetnam, ikkinchi bahsda esa Xitoy mag‘lub etildi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini. 16 oktyabr
Xitoy – O‘zbekiston – 1:2
Hakam: Tam Ping Vun (Hongkong)
Gollar: Vei Shixao 41 – Otabek Shukurov 78, Jamshid Iskanderov 86.
Golga aylanmagan penalti: Otabek Shukurov 78 (darvozabon).
Xitoy: 1.Yang Junling, 4.Li Ley, 2.Tayas Brauning, 3.Zu Chenjiye (24.Vu Shao Kong, 80), 27.Xe Yu Peng (14.Chen, 67), 8.Nikolas Yennaris, 13.Vang Kiu Min (29.Tan Long, 46), 6.Vang Shang, 9.Elekson (22.Gao, 46), 7.Vu Ley (20.Fang Xao, 73), 11.Vei Shixao.
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Farrux Sayfiyev, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov (8.Jamshid Iskanderov, 72), 10. Jaloliddin Masharipov (22.Abbosbek Fayzullayev, 46), 11. Oston O‘runov (20.Jasur Yaxshiboyev, 46), 14. Abduqodir Husanov, 15. Umar Eshmurodov (5.Rustam Ashurmatov, 72), 21. Igor Sergeyev (17.Bobur Abdixoliqov, 46), 23. Husniddin Aliqulov.
Ogohlantirishlar: Abduqodir Husanov 27, Husniddin Aliqulov 63.