Sport | 16:34 / 16.10.2023
27662
13 daqiqa o‘qiladi

Yana uch jamoa Yevro yo‘llanmasini hal qildi. Kun o‘yinlari

Ispaniya Shotlandiyaga yordam berib yubordi. Xorvatiya yana yutqazdi. Yevro-24 saralashi doirasida navbatdagi tur o‘yinlari, gollar va guruhlardagi vaziyat.

Foto: SERHAT CETINKAYA/GETTY IMAGES

2024 yilgi Yevropa chempionatida qatnashadigan yetti jamoa nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Mezbon Germaniya, oldingi turda yo‘llanmani hal qilgan Fransiya, Portugaliya va Belgiya yoniga Ispaniya, Shotlandiya va Turkiya qo‘shildi.

A guruhi

Holand va Xvicha uchun ikkinchi imkon

Norvegiya – Ispaniya 0:1
Gol:
0:1 – 49 Gavi.
Norvegiya – Nyuland, Ryuerson, Strannberg (Ayyer, 77), Estigor, Meling, Eursnes (Torstvedt, 77), Berg (Nusa, 58), Edegor, Berge, Bobb (Serlot, 59), Holand.
Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (David Garsiya, 46), Fran Garsiya, Fabian Ruis, Rodri, Gavi (Sanset, 79), Ferran Torres (Pedrasa, 71), Fati (Oyarsabal, 46), Morata (Hoselu, 89).
Ogohlantirishlar: Le Norman (30), Bobb (31), Ryuerson (40), Laport (56), Morata (61), Rodri (86).

Yakshanba Norvegiya uchun hal qiluvchi kun edi, chunki g‘alabadan boshqa har qanday natija skandinavlarda hatto ikkinchi o‘rin uchun matematik jihatdan ham imkon qoldirmasdi. G‘alaba uchun esa bir bosh baland sakrash talab etilardi. Tarkibda Holand va Edegor kabi yetakchilar bo‘lganida, bu albatta, imkon doirasidagi ish, ammo ikki jamoa solishtirilsa, Ispaniya — shunchaki boshqa ligada. Skandinavlar ular bilan tenglasha olmasdi.

«Qizil furiya»ga hatto Morata ahmoqona harakati bilan goldan mahrum etishi ham xalal bera olmadi. Yaqqol ofsayd holatida turgan forvard nega shusiz ham himoyachi orqali darvozaga kirib ketayotgan to‘pga zarba zarba bergani — tushunarsiz.

Ikkinchi bo‘limda Gavi urgan gol ham Morataning sustkashligi tufayli xavf ostida qolgandi - hakam orqaroqda qolib ketgan hujumchini darvozabonga xalaqit bergan deb topishi ham mumkin edi. Ammo bir necha daqiqa davomida videotakrorni o‘rganib chiqqan hakam baribir golni haqqoniy urilgan deb hisobladi.

«Qizil furiya» — qit’aning eng barqaror jamoasi bo‘lib qolmoqda. Faqat ispanlar 1994 yildan buyon qatorasiga o‘n oltinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Shu bilan birga, bu turda dam olgan Shotlandiyaga ham yordam berib yuborildi. Britanlar joriy asrda ikkinchi bor Yevro yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Holand va jamoasi esa Millatlar ligasi pley-offi orqali zaxira variantidan foydalanishga harakat qiladi.

Gurjiston – Kipr 4:0
Gollar:
1:0 – 46 Kiteyshvili, 2:0 – 58 Kvaratsxeliya, 3:0 – 82 Shengeliya, 4:0 – 90, penalti Mikautadze.
Gurjiston – Mamardashvili, Kashiya, Kverkveliya, Lochoshvili, Azarov (Shengeliya, 71), Kiteyshvili (Kvekveskiri, 85), Kochorashvili, Chakvetadze (Davitashvili, 71), Mamuchashvili, Kvaratsxeliya (Mekvabishvili, 85), Zivzivadze (Mikautadze, 58).
Kipr – Mall, Andreu (Antoniu, 46), Gogich, Karo, Kiprianu, Ioannu (Anderson Korreyya, 87), Kiryaku (Xaralampus, 62), Kusulos, Shpolyarich, Kastanos (Loizu, 70), Xristofi (Kakulis, 71).
Ogohlantirishlar: Xristofi (29), Chakvetadze (45), Karo (48).

Guruhdan chiqish imkoniyatini yo‘qotgan Gurjiston muxlislarini taniqli gurjistonlik futbolchi Timuri Ketsbay murabbiylik qilayotgan raqib ustidan qozonilgan yirik g‘alaba bilan muxlislarini yupantirdi. Kvaratsxeliya kiprliklar darvozasiga urilgan gollardan uchtasida ishtirok etdi, birinchi golda unga gol yoki golli pas yozilmagan bo‘lsa-da, aynan uning zarbasi qaytarilganida to‘pni egallab olgan Kiteishvili darvozani ishg‘ol etdi.

Golsiz o‘tgan birinchi bo‘lim bilan solishtirganda ikkinchi bo‘lim starti ideal chiqdi. Ko‘p o‘tmay Chakvetadzening kesib beruvchi uzatmasi evaziga darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Xvicha hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi, keyin esa Shengeliya uning uzatmasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Bu Villi Saniolning saralash turniridagi ilk g‘alabasi bo‘ldi, ammo — Gurjiston Millatlar ligasi guruhida birinchi o‘rinni olgan va jamoada Yevroga chiqish uchun pley-offda o‘ynash huquqi bor.

16 noyabr. Kipr — Ispaniya, Gurjiston — Shotlandiya.

D guruhi

Ideal yubiley

Turkiya – Latviya 4:0
Gollar:
1:0 – 58 Oqgun, 2:0 – 83 To‘sun, 3:0 – 87 Oqturko‘g‘li, 4:0 – 90 To‘sun.
Turkiya – Chaqir, Bardakchi, Oqoydin, O‘zkajar, Chalxono‘g‘li (Oyxon, 86), O‘zjan (Qutlu, 68), Yuksek, Kadio‘g‘li (Chelik, 46), Oqgun (Sari, 76), Yilmaz (To‘sun, 75), Oqturko‘g‘li.
Latviya – Ozols, Savalniyeks, Dubra, Balodis, Tsiganik, Ikauniyeks, Savelev (Emsis, 46), Tobers, Yaunzems (Ikauniyeks, 86), Dashkevichs (Krollis, 59), Uldrikis (Regja, 75).
Ogohlantirishlar: O‘zjan (17), Emsis (49), Ozols (51), Dashkevichs (56), Oqturko‘g‘li(63), Bardakchi (64), Tobers (64), Qahvachi (84).

Xorvatiyadagi g‘alabadan ilhomlangan Turkiya bu turda Yevro yo‘llanmasini rasmiylashtirdi. Qolaversa, bu ish noqulay raqibga qarshi o‘yinda uddalandi, chunki Turkiya o‘z vaqtida Yevro-2004 yo‘llanmasini aynan Latviyaga boy berib qo‘ygandi. Bundan tashqari, Boltiq bo‘yi mamlakati jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Istanbulda o‘tgan o‘yinda 1:3 hisobini 3:3 hisobiga aylantira olgandi.

Bu o‘yin ham Vinchenso Montella shogirdlari uchun yengil sayr bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda mezbonlarning goli mikroskopik ofsayd tufayli bekor qilindi va latviyaliklar devoridan o‘tishga faqat tanaffusdan keyingina erishildi — Oqgunning aql bovar qilmas kuchli va aniq zarbasi evaziga. Va bu ustunlikni saqlab qolish oson kechmadi. Jumladan, darvoza to‘sini va ustuni yordamiga tayanishga to‘g‘ri keldi. Faqatgina faxriy futbolchi Jyenk To‘sunning zarbasidan keyingina turkiyalik muxlislar yengil tin olishdi.

O‘yin oxirida esa bayram boshlandi. Paralllel uchrashuvda Xorvatiya Uelsdan mag‘lubiyatga uchragandi. Yakunda birdaniga uch jamoada ochkolar soni 16 tadan bo‘lib qolishi mumkin, ammo bunday holatda o‘zaro uchrashuvlardagi ochkolar hisobga olinadi. Agar yakuniy turda mag‘lub bo‘lsa ham Turkiya birinchi o‘rinda qoladi.

Uels – Xorvatiya 2:1
Gollar:
1:0 – 47 Uilson, 2:0 – 60 Uilson, 2:1 – 75 Pashalich.
Uels – Uord, Robers, Devis, Rodon, Mifem, Uilyams, Ampadu, Uilson (Broudhed, 81), Bruks (Jyeyms, 57), Jyeyms, Mur.
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 46), Vida, Gvardiol, Barishich (Sosa, 59), Modrich, Kovachich, Brozovich, Brekalo (Pashalich, 46), Mayer, Musa (Belo, 46).
Ogohlantirishlar: Vida (21), Jyeyms (86), Brozovich (89).

Oktyabrning asosiy savoli — Xorvatiyaga nimalar bo‘lmoqda? Turklardan uchralgan mag‘lubiyatni baxtsiz hodisaga yo‘yish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, Kardiffdagi fiasko ko‘plab savollarni yuzaga keltirdi. Golsiz o‘tgan birinchi bo‘limdan keyin Zlatko Dalich darhol uchta almashtirish amalga oshirgani ham ko‘p narsani anglatadi. Faqat joker rolida chiqqan Pashalichning goli urilganda juda kech bo‘lgandi. Ikkinchi bo‘limdagi ilk hujumdayoq to‘pni Livakovich ustidan oshirib tashlagan, keyin esa darvozaga orqa turgan holda to‘pni bosh bilan darvozaga yo‘llagan Uilson dubl rasmiylashtirgandi.

Ushbu havbek milliy jamoadagi 50-o‘yinida o‘ziga o‘zi sovg‘a qildi. Qolaversa, Harri o‘n yil muqaddam aynan shu kuni, 16 yoshligida milliy jamoa libosidagi ilk o‘yinini o‘tkazgandi. Uels endi ikkinchi o‘ringa chiqib oldi va taqdiri o‘z qo‘lida. So‘nggi ikki jahon chempionatida bronza medallarni qo‘lga kiritgan xorvatlar esa guruhda qolib ketishi ham mumkin.

18 noyabr. Armaniston — Uels, Latviya — Xorvatiya.

Ye guruhi

Moldova o‘yinda qolmoqda

Polsha – Moldova 1:1
Gollar:
0:1 – 25 Nikoleyesku, 1:1 – 53 Sviderski.
Polsha – Shchensni, Kendzera (Grositski, 84), Kiver, Peda, Vsholek (Kaminski, 72), Frankovski, Zelinski, Dzichek (Slish, 46), Shimanski (Marxvinski, 71), Milik (Buksa, 71), Sviderski.
Moldova – Raylyan, Revenko (Pletike, 70), Marandich, Krechun, Baboglo, Ryabchuk, Ratse (Kojokar, 79), Motspan (Pletike, 70), Postolaki, Nikoleyesku (Bogachuk, 79), Kojokaru (Domashkan, 60).
Ogohlantirishlar: Ryabchuk (17), Kojokaru (21), Postolaki (42), Marandich (45), Frankovski (46), Pletike (82), Raylyan (85).

Polyaklar saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsizlikni davom ettirdi - moldavanlarga qarshi ikki o‘yinda atigi bir ochko olindi. Moldova iyun oyida bir bo‘lim ichida nafaqat ikki gol farqini yo‘qqa chiqarib, balki o‘yin oxirida g‘alaba golini urib (3:2), raqibni alamli mag‘lubiyatga ko‘ndirgandi. Hozirda jarohat tufayli safdan chiqqan Levandovskining o‘sha o‘yinda borligi ham yordam bermagandi. Uning yo‘qligida kim gol urishi masalasi ikkinchi bo‘limda Sviderski bu saralash bosqichi qahramonlaridan biriga aylangan Nikolaeskuning goliga javob qaytarmagunicha dolzarb bo‘lib turdi. Faqat durang — polyaklarni umuman qoniqtiradigan natija emas. Ular yana Chexiyani oldinga o‘tkazib yuborishdi, endi ko‘p narsa noyabrda bo‘lib o‘tadigan o‘zaro uchrashuvda hal bo‘ladi. Lekin bu Polsha uchun saralashdagi oxirgi o‘yin bo‘ladi, chexlarni esa Pragada Moldovaga qarshi kechadigan katta o‘yin ham kutmoqda.

Chexiya – Farer orollari 1:0
Gol:
1:0 – 76, penalti Souchek.
Chexiya – Mandous, Golesh, Kreychi, Yurasek (Provod, 57), Souchek, Cherni (Yurechka, 77), Sadilek, Lingr (Brabets, 90), Doudera (Masopust, 77), Glojyek, Chvanchara (Kuxta, 57).
Farer – Lamauge, Nattestad, Edmundsson, Fere, Davidsen, Younsson (Byartaluyd, 58), Vatnxamar (Yoxansen, 84), Olsen, Andreasen (Olsen, 85), Yunsen, Petersen (Edmundsson, 77).
Ogohlantirishlar: Lingr (37), Lamxauge (40), Nattestad (75), Cherni (75), Olsen (82), Masopust (88), Fere (90).

17 noyabr. Moldova — Albaniya, Polsha — Chexiya.

I guruhi

Chakaning rekordi va aql bovar qilmas kambek

Shveytsariya – Belarus 3:3
Gollar:
1:0 – 28 Shaqiri, 1:1 – 61 Ebong, 1:2 – 69 Polyakov, 1:3 – 84 Antilevskiy, 2:3 – 89 Akanji, 3:3 – 90 Amduni.
Shveytsariya – Zommer, Lotomba, Sher, Akanji, Rodriges (Garsiya, 73), Shaqiri, Chaka, Froyler, Shteffen (Ndoyye, 73), Sou (Amduni, 62), Itten (Zokiri, 62).
Belarus – Ignatovich, Karpovich, Politevich, Polyakov, Volkov, Malkevich (Klimovich, 83), Ebong, Korzun (Pavlovets, 90), Bocherov (Morozov, 65), Konsevoy (Antilevskiy, 46), Baxar (Pechenin, 64).
Ogohlantirishlar: Politevich (4), Zekiri (77), Baxar (85), Klimovich (90), Korzun (90), Pechenin (90).

O‘tgan turda isroilliklarga qarshi safar o‘yini Yaqin Sharqdagi urush tufayli qoldirilganidan keyin dam olgan shveysariyaliklarni bu o‘yinda ortiqcha muammo kutmayotgandek edi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Shaqiri urgan gol ham shunga ishora qilayotgandi.

Ammo ikkinchi bo‘limda ispaniyalik Karlos Alos Ferrera boshqaruvida jamoa mazmunli o‘yin ko‘rsatayotgan belaruslar uddalab bo‘lmas vazifani bajarib, guruh peshqadami darvozasiga uchta gol yo‘lladi. 84-daqiqaga borib jamoa safarda 3:1 hisobida oldinda borayotgandi. Yakunda baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi, qolaversa, belaruslarda bu o‘yinda ochko zarur emasdi, jamoa allaqachon yo‘llanmadan umid uzgan. O‘yin oxirida ikki daqiqada urilgan ikki gol Murat Yaqinni sharmandalikdan qutqarib qoldi.

Bu kambekda shu kuni milliy jamoa safida 118-o‘yinda maydonga tushgan va bu borada rekordchi Hayns Hermann bilan tenglashib olgan Chakaning uzatmasi muhim rol o‘ynadi. Amdunining birinchi zarbasi to‘xtatildi, ammo u ikkinchi zarbasi bilan kunning asosiy sensatsiyasini yo‘qqa chiqardi. Endi Shveytsariya Yevroga chiqish masalasini noyabrda Kosovo va ikkinchi o‘rinda mustahkam joylashgan Ruminiya bilan, shuningdek, Isroilga qarshi qoldirilgan o‘yinlarda hal qiladi.

Ruminiya – Andorra 4:0
Gollar
: 1:0 – 23 Stanchu, 2:0 – 28 Haji, 3:0 – 44, penalti Marin, 4:0 – 50 Koman.
Ruminiya – Moldovan, Burke, Dregushin (Rus, 46), Banku, Stanchu (Marin, 66), Marin (Chikildeu, 59), Haji (Alibek, 65), Morutsan, Soresku, Koman, Birlidja (Mixeile, 59).
Andorra – Iker Alvares, Rubio (Pablos, 65), San-Nikolas, Maks Liovera, Vales, Servos, Vales (Rubio, 76), Rebes (Puxol, 86), Garsiya Renom (Pomares, 86), Viyeyra, Sanches (Bernat, 65).
Ogohlantirishlar: Marin (9), Viyeyra (9), Sanches (12), San-Nikolas (19), Rubio (37), Garsiya Renom (42), Bernat (84).
Chetlatish: San-Nikolas (90).

15 noyabr. Isroil — Shveytsariya.

18 noyabr. Isroil — Ruminiya, Shveytsariya — Kosovo, Belarus — Andorra.

Mavzuga oid