Avstraliya – Turkiya 2:0
Gollar: Irankunda, 27 (1:0). Metkalf, 75 (2:0)
Avstraliya: Biç, Çirkati, Suttar, Berjyess, Bos (Behiç, 84), Italyano (Geriya, 74), ÖNill, Okon-Engstler (Irvayn, 84), Irankunda (Velupillay, 61), Metkalf, Ture (Yengi, 74)
Turkiya: Ugurjan Çaqir, Merih Demiral, Abdulkarim Bardakçi, Ferdi Kadiöğli, Zeki Çelik (Mert Muldur, 81), Hoqon Çalxonöğli, Ismoil Yuksek (Özjan, 81), Örxun Kökçi (Yunus Oqgun, 62), Bariş Yilmaz (Kenan Yildiz, 46), Arda Guler, Karim Oqturköğli (Gul, 85)
Ogohlantiriş: Yunus Oqgun, 86
D guruhida AQŞdan keyin ikkinçi örin bilan pley-offga çiqişi taxmin qilingan Turkiya kutilmaganda Avstraliyaga yutqazib qöydi.
Avstraliya oldindan kutilganidek pragmatik öyin namoyiş etdi va standart vaziyatlarga tayanib öynadi. Turklar esa töpga egalik qilişdi – jamoa safidagi Yildiz, Guler va Çalxonöğli jamoadoşlari uçun ketma-ket vaziyatlar yaratib berişdi.
Öyinning 27-daqiqasida Guler raqib himoyaçilaridan qoçib ketib, kuçli zarba yölladi. Ammo darvozabon işonçli harakat qildi. Aynan u osiyoliklarning tezkor hujumini boşlab berdi va bu hujum Irankunda hisobni oçişi bilan yakunlandi.
Turklar tezda hisobni tenglaştirişi mumkin edi: Bardakçi taxminan 25 metr masofadan kuçli zarba yölladi, ammo darvozabon yana qutqardi. Bölim davomida turklarga omad yetişmadi.
Ikkinçi bölimda vaziyat özgarmadi. Avstraliyaliklar hisobdan kelib çiqib harakat qilişdi va çuqur himoyalanişdi. 57-daqiqada Guler yana bir bor jarima maydoni taşqarisidan kuçli zarba yölladi, darvozabon yana öz örnida.
Turklar raqibni maydonning ikkinçi qismiga ötkazişmadi va hujum ortidan hujum uyuştirişdi, ammo bundan naf çiqmadi. Avstraliyaliklar mudofaa çiziği işonçli harakat qildi, töp ulardan ötganida esa darvozabon xavfni bartaraf etdi. Vinçenso Montella futbolçilarni almaştiriş orqali vaziyatni özgartirişga urindi, ammo bu ham foyda bermadi.
Ikkinçi bölim örtalariga kelib turklar raqib darvozasiga bergan zarbalar soni 20 dan oşgandi, ammo gol yöq edi. Raqibning ikkinçi xavfli hujumida esa ikkinçi gol ötkazib yuborildi. Turklarga bu epizodda ham omad kulib boqmadi va rikoşet orqali töp böş turgan Metkalfga kelib tuşdi, u töpni jarima maydoni içiga olib kirdi va yaqin burçakka aniq zarba berdi. Bu butun öyin davomida ustunlik qilgan turklar uçun oğir zarba böldi va öyin taqdiri amalda hal böldi.










