Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muqobil energiya ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha davom ettiriladi
Prezidentning «Maishiy chiqindi poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Sejin G&E Co., Ltd kompaniyasi (Koreya Respublikasi) ishtirokida «Toshkent viloyatining «Ohangaron» (Ohangaron tumani) va «Maydontol» (Parkent tumani) qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazidan (metandan) quvvati 16 MVt bo‘lgan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Sejin Uz MChJ korxonasi tashkil etildi. Qarorga asosan, loyiha 2023-2026 yillarda amalga oshiriladi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi esa uni amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilandi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklariga 2024 yil 1 yanvarga qadar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan «Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish» loyihasi doirasida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 59 gektar yer maydonida joylashgan «Ohangaron» maishiy chiqindilar poligoniga tutash hududda yangi maishiy chiqindi poligonini qurish va ishga tushirish ishlari yakunlanishini ta’minlash topshirildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga bir oy muddatda chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan havo elektr uzatish liniyasi uchun zarur bo‘lgan yer maydonlari bepul ajratib beriladi. Bundan tashqari, 2024 yil 1 martga qadar «Ohangaron» qattiq maishiy chiqindi poligoni operativ boshqarish huquqi asosida bepul o‘tkazib beriladi.
Hujjat bilan belgilanishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 2045 yilgacha Sejin G&E So. Ltd kompaniyasiga:
poligonlar hamda ulardagi mavjud infratuzilma obektlari, bino va inshootlar investitsiya loyihasi doirasida chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tekin foydalanishga;
muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish liniyasi uchun ajratilgan yer maydonlari ijaraga beriladi.
Mavzuga oid
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026