Jamiyat | 17:36 / 23.10.2023
16487
7 daqiqa o‘qiladi

“UzCharmExpoEurAsia-2023”da 112 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi

2023 yilning 18-20 oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMda “UzCharmExpo-Eurasia-2023” charm, poyabzal, attorlik, qorako‘l, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar 15-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur nufuzli forum tashkilotchilaridir. 

Foto: O‘zcharmsanoat

“UzCharmExpo-Eurasia-2023” Markaziy Osiyodagi charm-poyabzal va mo‘yna sanoatining eng yirik ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasidir. 15-xalqaro ko‘rgazmada 40 dan ortiq davlatlarning 300 ga yaqin xorijiy kompaniya va tashkilotlari faol ishtirok etib, ko‘rgazma doirasida mahalliy korxonalar va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida savdo-investitsiya yo‘nalishida muzokaralar o‘tkazildi. 

Ko‘rgazmaga 7 000 dan ortiq tashrif buyurganlarga sun’iy charm, aksessuarlar, porolon, jyelatin, kallogen, metall va to‘qimachilik furnituralari hamda poyabzal sanoati uchun kerakli bo‘lgan tagliklar, tagcharm, yelim va shu kabi bir qator mahsulotlarning umumiy 5 000 ziyod turlari hamda 60 dan ortiq yangi turdagi mahsulot namunalari namoyish etildi. 

Qayd etish kerak, “UzCharmExpo-Eurasia-2023” Yevropa, Osiyo, Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyat yuritadigan xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar, brendlarni bir maydonda jamladi.  Bu yil ko‘rgazma Xitoyning charm va poyabzal sanoatidagi eng yirik ko‘rgazma kompaniyasi Zhejiang Donnor International Exhibition Co., bilan birlashib, o‘z ufqlarini kengaytirdi. Kompaniya bilan eksklyuziv shartnoma tuzildi. Unga ko‘ra Xitoydan “UzCharmExpoEurAsia-2023” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasi keldi. 

Shuningdek, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi ShoesStar xalqaro ko‘rgazmasi bilan ko‘rgazma faoliyati bo‘yicha samarali hamkorlikni davom ettirmoqda. Bu MDH kompaniyalari ishtirokini kengaytirish, shuningdek, Yevrosiyo qit’asining ko‘plab mamlakatlarini qamrab olish imkonini berdi. 

Bu yilgi ko‘rgazmaga MDH davlatlaridan ham ko‘plab ishtirokchilar tashrif buyurdi. Rossiya va Belarus ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazma mehmonlariga poyabzal, charm buyumlar, jun, mo‘yna, butlovchi qismlar va kimyoviy mahsulotlarni namoyish etdi. 

“O‘zekspomarkaz” MKM pavilionlarida Germaniya va Italiya ishlab chiqaruvchilari, xususan, Tecon, Italprogetti, PratikaGroup, Vittoria Makina, ALPE va boshqa kompaniyalar tomonidan charm-poyabzal sanoati uchun innovatsion texnologik yechimlarni taklif etdi. 

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ekspozitsiyasi alohida pavilionda namoyish etiladi. Ta’kidlash joizki, 2017-2022-yillarda O‘zbekistonda 250 dan ortiq turdagi mahsulotlar, jumladan, xomashyo, butlovchi buyumlar va materiallar mahalliylashtirildi. Bu tendensiya bizga importni qisqartirish, charm-poyabzal mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermoqda. 

Joriy yilda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ro‘yxati yana 60 turdagi tovar bilan to‘ldirilib, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 1462,2 milliard so‘mga yetkazildi. Ko‘rgazmada so‘nggi 5 yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eng yaxshi namunalari namoyish etildi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekistonning 5 ta oliy o‘quv yurti ham “UzCharmExpo-Eurasia-2023” pavilionlaridan o‘z o‘rnini egalladi. 

Bu galgi ko‘rgazmada mehmonlar geografiyasi Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Belgiya, Turkiya, Vengriya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Koreya Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va boshqa davlatlardan iborat. 

Ko‘rgazmaning faxriy mehmonlari orasida Xalqaro ko‘nchilar kengashi, Xalqaro mo‘yna federatsiyasi, Italiyaning Assomac poyabzal ishlab chiqaruvchilari, charm buyumlari va ko‘nchilik texnologiyalari milliy assotsiatsiyasi, Leather Working Group xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti, Germaniya poyabzal va charm mahsulotlari sanoati federal uyushmasi (HDS/L), “Furmark” tabiiy mo‘ynani sertifikatlash va kuzatish bo‘yicha xalqaro tashkiloti, Barqaror charmchilik tashkiloti (SLF), Italiya poyabzal ishlab chiqaruvchilari uyushmasi, Turkiya poyabzal sanoati yetkazib beruvchilar uyushmasi (AYSAD), Turkiya poyabzal sanoati tadqiqot va o‘qitish jamg‘armasi (TAŞEV), Rossiya mo‘yna ittifoqi, bir qator mamlakatlarning milliy assotsiatsiyalari, universitetlar, kengashlar va ko‘nchilar, poyabzalchilar uyushmalari bor. 

Bu galgi ko‘rgazmada mehmonlar geografiyasi Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Portugaliya, Belgiya, Turkiya, Vengriya, Polsha, Latviya, Xitoy, Janubiy Koreya Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va boshqa davlatlardan iborat. 

Uch kun davomida o‘tkazilgan ko‘rgazmada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgan “Nafis Charm” XKI MChJ, “Peng Sheng Charm” MChJ XK, “Hamkor Nur Savdo” MChJ, “Orient Technology” MChJ, “Pelle Tehnology” MChJ, “Kattakurgan Charm” MChJ, “Baraka Leather” MChJ, “Ulkan Laziz” MChJ, “Clasica Shoes International” MChJ, “Sharq Ravon” MChJ, “Merfen Ko” MChJ, “Leather Shoes Export” MChJ, “Amir Ul Baxir VMG” MChJ, “Sitonni” MChJ, “MMM Amin Bio” MChJ va boshqa mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan charm-poyabzal mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dastlabki bosqichda umumiy qiymati 112,0 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi. Shuningdek, “Peng Sheng Charm” MChJ XK, “Pelle Technology” MChJ, “VIP Travel Asia” MChJ, “A Ibro Europlast” MChJ, “Texnoluks” MChJ, “Tezkor Agro” MChJ, “Tata Shoes Group” MChJ kabi mahalliy korxonalar tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan jami 46,0 mln dollarlik investitsiya shartnomalari imzolashga erishdi. 

“UzCharmExpoEurAsia-2023” bu ko‘p yillik tajriba va muvafaqqiyatli biznesning yutuqlari jamlangan manzildir. Yilda ikki marta - bahor va kuzda o‘taziladigan mazkur ko‘rgazma o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish, ishbilarmonlik portfelini yangi biznes loyihalar bilan boyitish hamda kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishda, xalqaro taniqli brendlarni jalb qilish, soha eksportini yanada oshirishda samarali maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Mavzuga oid