«Özçarmsanoat» uyuşmasi raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etişga körsatma berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş sur’atlarini ta’minlaş böyiça asosiy vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğilişda uyuşma rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tuşib işlamagani tanqid qilindi.
Poyabzal işlab çiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini töxtatgan bölsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, boğiç, furnitura böyiça haligaça importga boğliqlik bor.
Oqibatda ötgan yili eksport böyiça va’da qilgan 250 million dollarning 40 foizi ham ta’minlangani yöq. Uyuşmaning bu yilgi işlab çiqariş va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani körsatib ötildi.
Akbar Sultonov 2024 yil noyabrida «Özçarmsanoat» uyuşmasi raisi etib tayinlangandi.












