“Treningchi” Islom Ibrohimov qidiruvga berildi
U juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.
Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda IIV rasmiy saytining qidiruvdagi shaxslar bo‘limida e’lon paydo bo‘ldi.
E’londa ko‘rinishicha, Islom Ibrohimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.
Jinoyat kodeksida ushbu turdagi jinoyat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.
Islom Ibrohimov asosan biznesda muvaffaqiyatga erishish, boy bo‘lish haqidagi treninglari bilan tanilgan. Ma’lum bir to‘lov evaziga turli viloyatlarda ushbu turdagi treninglar o‘tkazib kelgan.
SUBeKTIV oldinroq “biznes-trening” nomi ostida sotilayotgan kurslar hamda ular orasida o‘zi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali mijoz yig‘ayotganlar haqida film tayyorlagan edi. Unda Islom Ibrohimov faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tilgandi.
Mavzuga oid
19:11 / 22.04.2024
Telegram akkauntlarini o‘g‘irlashning yangi usuli aniqlandi
14:01 / 19.04.2024
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i firibgarlik va pora berishda gumonlanmoqda
15:19 / 11.04.2024
Andijonda 42 mlrd so‘mlik yo‘l loyihasini olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
19:21 / 09.04.2024