Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzi havo +26...+29 darajagacha isiydi.
Foto: Kun.uz
Kecha kunduzi, shuningdek, o‘tgan kechasi O‘zbekiston hududi Volgabo‘yi hududlaridan kirib kelgan nam va salqin havo ta’siri ostida bo‘ldi. Markaziy, sharqiy hududlar bo‘yicha yomg‘ir yog‘di, tog‘larda esa ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘ldi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertalabga kelib, biroz yomg‘ir yog‘ishi faqat Toshkent viloyati, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida saqlanib turdi.
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +20...+25 daraja atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzi havo +26...+29 darajagacha isiydi.
Shuningdek, quruq va iliq ob-havo respublika bo‘yicha va 30 oktyabr, dushanba kuni ham saqlanib turadi.
Poytaxtda 27-29 oktyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi +22...+24 daraja, shanba kuni +24...+26 daraja, yakshanba kuni +26...+28 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari +9...+12 daraja atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:00
8 dekabr: poytaxt havosida mayda zarrachalar darajasi me’yordan oshmadi
15:59 / 05.12.2025
O‘zbekistonda 8 dekabrdan havo sovishi kutilmoqda
11:59 / 05.12.2025
Hafta oxirida yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin
10:06 / 04.12.2025