Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi
Baxtiyor Ibragimov Vena shahridagi O‘zbekiston elchixonasida ishga kirishdi.
O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Vena shahrida ish boshladi.
U 57 yoshda. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan. U 1992 yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. Tayinlovga qadar u Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023 yillar) sifatida ishlagan. U favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.
Baxtiyor Ibragimov 2020-2023 yillarda Venada elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026