Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev To‘qayevga hamdardlik yo‘lladi
O‘zbekiston Qozog‘istonga kondagi portlash oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishga tayyorligi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qarag‘anda viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.
Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
- 28 oktyabrga o‘tar kechasi, tunda Qozog‘istonning Qarag‘anda oblastidagi Kostenko nomidagi ko‘mir shaxtasida portlash sodir bo‘ldi. Bu vaqtda shaxta ichida 252 kishi bo‘lgan, ularning 208 nafari yer yuziga chiqarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlar soni 30 dan oshgan, yana o‘nlab kishi shaxta ichida qolib ketgan.
- Qozog‘iston prezidenti To‘qayev halok bo‘lgan shaxtachilarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va 29 oktyabrni mamlakatda umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.
Mavzuga oid
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashdi
20:56 / 21.06.2026
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
17:43 / 19.06.2026