Iqtisodiyot | 11:51 / 01.11.2023
18857
2 daqiqa o‘qiladi

2024 yil uchun budjet qonuni loyihasi e’lon qilindi

2024 yil uchun davlat budjeti daromadlari 270,3 trln so‘mni, xarajatlar esa 279,6 trln so‘mni tashkil qiladi. YaIM o‘sish sur’ati prognozi - 5,6-5,8 foiz.

“2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, 2024 yil uchun Davlat budjeti daromadlari 270,3 trln so‘m, xarajatlari esa (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 279,6 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Shuningdek, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.

Budjeti taqchilligining yuqori chegarasi 52,5 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.

2024 yil uchun yalpi ichki mahsulot 1 kvadrium 301 trln so‘mni tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. YaIM o‘sish sur’ati prognozi - 5,6-5,8 foiz.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan va O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5 mlrd dollar etib belgilash taklif qilinmoqda. Shundan:

• Davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd dollar;

• Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd dollar miqdorida.

2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda.

Mavzuga oid