Moliya vaziri: “Davlat tashkilotlarining qisqarishidan bo‘shaydigan budjet mablag‘lari ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi”
Senatning o‘ttiz oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda “2023 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Senat yig‘ilishida ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, moliya vaziri Temur Ishmetov o‘z ma’ruzasida 2023 yilgi davlat budjetida hukumat organlarining qisqarishi hisobga olinganmi, degan masalaga izoh berib o‘tgan.
Temur Ishmetovga ko‘ra, davlat tashkilotlarining qisqarishidan bo‘shaydigan budjet mablag‘lari ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi:
“Xabaringiz bor, prezident farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari soni 61 tadan 28 tagacha, jumladan, amaldagi 25 ta vazirlik 21 tagacha qisqartirildi. Tabiiyki, muhokama qilinayotgan “2023 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida mazkur islohotlar hisobga olinganmi, degan savol tug‘iladi. Ta’kidlash joizki, ushbu farmon ijrosini ta’minlash uchun qayta tashkil etilayotgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari asosida ularning tuzilmalari, vazifa va funksiyalarini aniq belgilovchi normativ xujjatlar tayyorlanmoqda. Ular tasdiqlangandan so‘nggina respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining saqlash xarajatlariga aniqlik kiritilib, belgilangan tartibda qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Bunda shu islohotlar natijasida bo‘shaydigan budjet mablag‘lari prezident topshirig‘iga asosan ijtimoiy masalalarni hal etishga yo‘naltiriladi”.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

11:51 / 01.11.2023
2024 yil uchun budjet qonuni loyihasi e’lon qilindi

13:37 / 24.12.2022