Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi 27 dekabr kuni bölib ötadi. Bu haqda Senat Kengaşining 23 dekabr kungi majlisida qaror qabul qilingan.

Videokonferensaloqa şaklida bölib ötadigan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar muhokamasi rejalaştirilgan.

«Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib çiqadigan ustuvor yönalişlar, şuningdek, «2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi, «2022 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida»gi, «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi, «Muvofiqlikni baholaş organlarini akkreditatsiya qiliş töğrisida»gi, «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda iste’mol qilinişini çeklaş töğrisida»gi qonunlar şular jumlasidandir», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.

Şu bilan birga navbatdagi yalpi majlisda «Texnik jihatdan tartibga soliş töğrisida»gi va «Özbekiston Respublikasi hukumati bilan Turkiya Respublikasi hukumati örtasida mahkumlarni topşiriş töğrisidagi bitimni (Toşkent, 2022 yil 29 mart) ratifikatsiya qiliş haqida»gi hamda «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonunlarni ham körib çiqiş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, senatorlar tomonidan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş böyiça belgilangan loyihalar yuzasidan amalga oşirilgan işlar hamda 2030 yilga qadar Özbekiston Respublikasida gender tenglikka erişiş strategiyasining 2022 yildagi ijrosi hamda uni amalga oşiriş böyiça 2023 yilga möljallangan çora-tadbirlarni tasdiqlaş masalasi ham muhokama qilinadi.

Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengaşining qarorlarini tasdiqlaş ham nazarda tutilgan.