Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada «Fukusima-1» AESdan suv chiqarishning uchinchi bosqichi boshlandi
Joriy bosqich 20 noyabrgacha davom etadi, kuniga 460 tonnaga yaqin suv chiqarish rejalashtirilgan.
Yaponiyada «Fukusima-1» atom elektr stansiyasidagi suvning uchinchi partiyasi dengizga tashlanishi boshlandi. Bu haqda atom elektr stansiyasi operatori Tokyo Electric Power (TEPCO) bayonotida aytiladi.
Ilgari kompaniya avariyaviy obektdan ikkita suv chiqarishni amalga oshirgan - 24 avgustdan 11 sentabrgacha va 5 oktyabrdan 23 oktyabrgacha.
Joriy bosqich 20 noyabrgacha davom etadi, kuniga 460 tonnaga yaqin suv chiqarish rejalashtirilgan.
Umuman olganda, 2024 yil martigacha AESning 31,2 ming tonna suvini Tinch okeaniga tushirish rejalashtirilgan, shu jumladan oqizishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlari amalga oshiriladi.
Suvni chiqarish qarori qo‘shni davlatlar, birinchi navbatda, Xitoy, shuningdek, mahalliy baliqchilarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.
«Fukusima-1» AESdagi avariya - 2011 yil 11 mart, juma kuni Yaponiya tarixidagi eng kuchli zilzila va undan keyingi sunami natijasida boshlangan, Xalqaro yadroviy hodisalar shkalasi (INES) bo‘yicha maksimal, 7-darajali radiatsiyaviy avariya.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026