Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:53 / 03.11.2023
2930
1 daqiqa o‘qiladi
30 noyabrgacha «Keksalar uchun turizm oyligi» o‘tkaziladi
Turizm oyligi doirasida hududlardagi infratuzilma obektlari tomonidan chegirmalar va aksiyalar ixtiyoriy taqdim qilinadi.
Qonunchilikka ko‘ra, mamlakat bo‘ylab keksalarning sayohat qilishini rag‘batlantirish maqsadida har yili 1 noyabrdan 30 noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.
Turizm oyligi doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
- hududlardagi infratuzilma obektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib borilishi;
- sayohat qiluvchilar uchun viloyatlararo qatnovchi avtobus, avia va temiryo‘l chiptalariga ixtiyoriy chegirmalarni e’lon qilish hamda litsenziyasi bor tadbirkorlik sub’yektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va e’lon qilish;
- chegirmalar va aksiyalar to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifasida e’lon qilib borish;
- respublikadagi madaniy meros obektlariga kirish chiptalariga chegirmalar e’lon qilish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026