Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha yerlar yangi axborot tizimida hisobga olinadi
Yer hisoboti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar bo‘yicha yuritiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- yer hisobotini yuritish tartibini;
- yer hisoboti shakllarini tasdiqlashni;
- yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibini;
- yer fondi toifalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish tartibini.
Kadastr agentligiga 2024 yil 1 yanvarga qadar Yer hisobot avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) ishga tushirish hamda uni E-qaror elektron tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash topshirildi.
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Yer hisobot AAT operatori hisoblanadi. Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida Yer hisobot AATga kiritib boriladi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari real vaqt rejimida E-qaror elektron tizimi orqali Yer hisobot AATga taqdim etiladi.
Yer hisoboti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar ma’muriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar bo‘yicha yuritiladi.
Mavzuga oid
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:20 / 24.02.2026