Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlikka boshpana taqdim etdi
2015 yilda Muhammad Abdurahmonov Checheniston hududini tark etgan. Bir necha yil davomida u Germaniyadan boshpana olish huquqi uchun kurashgan va ikki marta rad javobi olgan.
Foto: AP
Germaniya Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning tanqidchisi va chechenistonlik muxolifatchi bloger Tumso Abdurahmonovning ukasi Muhammad Abdurahmonovga siyosiy boshpana berdi. Bu haqda Muhammadning o‘zi 3 noyabr, juma kuni YouTube-kanalida ma’lum qildi.
2023 yil avgust oyi oxirida Myunxendagi Oliy yer sud Valid Dadaqoyevni Germaniyada Muhammad Abdurahmonovga suiqasd uyushtirishda aybdor deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sudga raislik qilgan sudya Kristof Visnerning aytishicha, qotillik Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning «xabardorligi, roziligi va manfaatlari»dan kelib chiqqan holda tayyorlangan.
Muhammad Abdurahmonovning Germaniyadan boshpana so‘rashi
Muhammad Abdurahmonov ham akasi Tumso singari 2015 yilda Checheniston hududini tark etishga majbur bo‘lgan. U bir necha yil Germaniyadan boshpana olish uchun kurashdi. Talab ikki marta rad etilgan. Buning o‘rniga Muhammad keyinchalik sudda muvaffaqiyatli e’tiroz bildira olgan DW maqolasini qayta joylashtirgani uchun ma’muriy jazoga tortildi.
Faqat 2021 yilda Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora (BAMF) sud qarori bilan Muhammad Abdurahmonov va uning oilasining boshpana so‘rab bergan takroriy arizasini qayta ko‘rib chiqishni boshladi. Ammo unga suiqasd uyushtirish rejalari aniqlanib, jinoiy ish ochilganidan so‘ng, qaror hukm e’lon qilinmaguncha qoldirildi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025