Iqtisodiyot | 07:40 / 06.11.2023
15893
1 daqiqa o‘qiladi

10 oyda qancha elektromobil import qilingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga yanvar-oktyabr oylarida 19 ta davlatdan 22 492 ta elektromobil olib kelingan. 

Foto: Pexels

Olib kelingan elektromobillarning umumiy qiymati 582,3 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barobardan yuqori o‘sgan.

Xitoy eng ko‘p elektromobil import qilingan mamlakat sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda. O‘tgan 10 oyda ushbu mamlakatdan jami 20 642 dona (91,foiz) elektromobil olib kelingan.

Shuningdek, Hongkongdan 1258 dona, Birlashgan Arab Amirliklaridan 147 dona elektromobil import qilingan. Janubiy Koreya va AQShdan mos ravishda 136 hamda 134 dona elektromobil olib kelingan.

Mavzuga oid