O‘zbekiston | 12:56 / 06.11.2023
11692
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi O‘zbekistonga keladi

Donald Lu shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi va AQSh-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqotida ishtirok etadi. 

Foto: Getty images

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu 4−11 noyabr kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyuradi.

AQSh Davlat departamenti xabariga ko‘ra, Donald Lu Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Lu o‘z safarini Qozog‘istonga tashrif bilan boshlaydi, so‘ng Toshkentga keladi va AQSh-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqoti yig‘ilishida Amerika delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Davlat kotibi yordamchisi O‘zbekiston hukumati rasmiylari bilan uchrashib, mintaqaviy muammolarni hal qilish, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo va investitsiyani diversifikatsiya qilish uchun ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi sherikligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid