Humo bankomatlarida pul yechish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi
Humo bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi sababli ayrim bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi.
Ayni paytda Humo bankomatlarida pul yechib olishda bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda. Mikrokreditbank rasmiy sahifasida Humo to‘lov tizimi foydalanuvchilariga murojaati e’lon qilindi.
“Hozirda Humo bankomatlarida pul yechib olishda naqd pul bermaslik holatlari ko‘payganligi sababli ushbu vaziyatga aniqlik kiritilgunga qadar ba’zi bankomatlar vaqtincha o‘chirib qo‘yiladi.
Uzilish Humo bankomatlarining taxminan 30 foiziga ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu bankomatlarning qachon ishlashi haqida alohida xabar beramiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy davomida ham Humo kartalari orqali onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda bir necha kunlik nosozliklar kuzatilgandi.
Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, to‘lov tizimi faoliyatidagi muammolar dasturiy ta’minot yangilanishi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
13:31
Kaspi.kz Humo to‘lov tizimini xususiylashtirishdagi ishtirokini to‘xtatdi
16:43 / 14.05.2024
“Humo” to‘lov tizimi operatori aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi – Davaktiv
17:48 / 26.04.2024
12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqariladi
17:09 / 22.02.2024