O‘zbekiston | 23:08 / 07.11.2023
11788
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi 

Donald Lu bilan ikkitomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva 7 noyabr kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi. 

«Muloqot davomida ta’lim, madaniyat, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash kabi sohalarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildik. Shuningdek, O‘zbekistonda OAV faoliyati va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda inson huquqlari sohasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdik», deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqda.

Avvalroq, Donald Lu 4−11 noyabr kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga tashrif buyurishi, O‘zbekiston hukumati rasmiylari bilan uchrashib, mintaqaviy muammolarni hal qilish, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo va investitsiyani diversifikatsiya qilish uchun ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi sherikligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid