Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport maktablariga hujjat qabul qilish reglamenti tasdiqlandi
Davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Sport sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- davlat sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
- O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
Davlat xizmatlari DXM yoki YaIDXP orqali 2023 yil 1 dekabrdan boshlab ko‘rsatiladi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1 yanvarga qadar o‘quvchilarning sport ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun hujjatlarini qabul qilish yoki ularni bir sport ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati, qabul muddatlari tasdiqlanadi va o‘z rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026