Arvoh shaharga aylangan Liman va frontdagi qo‘lbola tizimlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 627-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Mikolayiv oblastiga uchta raketa bilan zarba yo‘lladi. Raketalardan biri havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Zarba oqibatida «kritik vayrongarchiliklar va jabrlanganlar yo‘qligi» ma’lum qilingan.
- AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Ukraina va Isroilga yordam uchun xarajatlar ko‘zda tutilmagan budjet loyihasini muhokamaga kiritdi. Oq uydagilar buni «nojiddiy» deb atadi.
- Xersonda Rossiya zarbalari oqibatida tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi yaralangan, Gonchar nomidagi oblast kutubxonasi binosi shikastlangan.
- Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi ma’lum qilishicha, 11 noyabr kuni partizanlar Rossiyaning Melitopoldagi shtabida portlash amalga oshirgan, uning natijasida kamida uch nafar ofitser halok bo‘lgan. Rossiya tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.
Ozod etilgan Limandagi hayot
Liman — okkupatsiya ostidagi Donetskdan taxminan yuz kilometr shimolda joylashgan strategik muhim shahardir. 2022 yil may oyi oxirida RF qo‘shini Limanni egallab olgandi — UQK uni faqat 1 oktyabrga kelib o‘z nazoratiga qaytaradi, bu Rossiya «DXR» va «LXR», shuningdek Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan qismlari anneksiya qilinganini e’lon qilganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgandi. Ozod etilgan Liman bugun quyidagicha ko‘rinishda.
Zaporijjya oblastida Ukrainaning mini-«Grad»lari
Mini-«Grad» — pikap asosidagi mobil raketa qurilmasi bo‘lib, uning yukxonasida raketalarni uchirish uchun trubalar paketi joylashtirilgan. Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblastidagi front chizig‘ida bunday baravar o‘t ochish tizimlarini faol qo‘llamoqda. Amerikaning Urushlarni o‘rganish institutiga (ISW) ko‘ra, Rossiya qo‘shini bu yo‘nalishda yurish amaliyotlarini davom ettirmoqda (Ukraina QK bosh shtabi raqibning hujumlari natija keltirmayotganini ma’lum qilgan).
«Anadolu» agentligi bilan suhbatda «Gall» chaqiruv belgisiga ega ofitser aytib berishicha, ukrain armiyasi bir yildan buyon mini-«Grad» tizimlaridan foydalanmoqda. «Bunday tizimlarni qo‘llashdan maqsad shundaki, ular nisbatan mobil. Qolaversa, ularni front chizig‘ida payqash oson emas, bu esa oldingi pozitsiyalarga imkon qadar yaqin borish imkonini beradi, bu esa qo‘shimcha ustunlik deganidir», — deya izohlagan harbiy.
Ukraina QKning Baxmut atrofidagi tibbiyot punkti
Mavzuga oid
21:05
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30