O‘zbekiston | 07:41 / 16.11.2023
7002
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ikki tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. 

Foto: Kun.uz

Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, poytaxt hududlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshiriladi, shu sababli 16 noyabr kuni 10:00 dan 17:00 ga qadar qator manzillarda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.

Ular:

Chilonzor tumani: Zarqo‘rg‘on, Fidokor, Navbahor, Katta Navbahor, Ko‘tarma, Naqqoshlik, Botirma mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar;
yuqorida keltirilgan mahallalarda joylashgan 38 ta ulgurji iste’molchi.

Uchtepa tumani: Tepaqo‘rg‘on, Qo‘rg‘ontepa, Ko‘hna Cho‘ponota, Bog‘obod, Bog‘iston, Birlik, Nayman, Guzar mahallarida joylashgan ko‘p qavatli uylar;
yuqorida keltirilgan mahallalarda joylashgan 105 ta ulgurji iste’molchi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid